Toshkent xalqaro aeroporti xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aeroport aviatsiya xavfsizligi xizmati nazoratchisi fuqaroni tanishlari orqali qo‘riqlash nazoratchisi lavozimiga ishga joylashtirishga va’da bergan. Xizmatlari uchun 500 dollar so‘radi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, gumonlanuvchi 10 nafarga yaqin fuqarodan aeroportga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 500 dollardan 1000 dollargacha pul olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Hozirda gumonlanuvchining xatti-harakatlaridan jabrlangan boshqa shaxslarni aniqlash ishlari davom etmoqda.