1-avgust kuni Toshkent viloyatida yuk mashinasi elektr uzatish tarmog‘i ustunini urib yubordi, natijada aholining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” axborot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, avariya tufayli Bo‘stonliq tumani iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Turar joylar, sanoat obyektlari va bolalar sog‘lomlashtirish majmualaridagi iste’molchilarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatlari energetiklar tomonidan bartaraf etilib, elektr ta’minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda. Iste’molchilarga yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.