1-avgust kuni Toshkentning Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.

Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Sergeli tumani, soat 10:00 dan 16:00 gacha: “Qumariq” mahallasida 456 ta xususiy uy va 4 ta ulgurji iste’molchi;
  • Bektemir tumani, soat 10:00 dan 14:00 gacha: “Oltintopgan” mahallasida 320 ta xususiy uy va 10 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: “2-Charx Kamolon” MFYda 184 ta xususiy uy, 6 ta ko‘p qavatli uy va 7 ta ulgurji iste’molchilar.