Adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Xatamov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tegishli tayinlov prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonida ko‘zda tutilgan.
Jahongir Hatamov bunga qadar O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U departament boshlig‘i lavozimida Shamsiddin Sohibnazarov o‘rnini egalladi.