2025-yil iyul oyida O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy pasayishi fonida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yil iyul oyiga nisbatan biroz past (-0,28%). Yillik inflyatsiya 8,9 foizgacha tezlashdi, joriy yilning iyun oyida bu ko‘rsatkich 8,7 foizni tashkil etgan edi.
Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga arzonlashdi, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,2 foizga qimmatlashdi. O‘z navbatida, pullik xizmatlar narxi 0,9 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik target ko‘rsatkichiga erishmoqchi.