Prezident iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga sotuvchilarni shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalarni belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Agar sotuvchi shartnomada ko‘rsatilgan muddatda tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa, u har bir kechiktirilgan kun uchun iste’molchiga majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘lashi kerak. Bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar qiymatidan oshib ketmasligi kerak.