O‘zbekiston va Afg‘oniston Kobulda 20 million dollardan ortiq savdo shartnomasini imzoladi. Bu haqda Ariana News yozmoqda.
O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo hajmini 2 mlrd dollargacha oshirishga tayyorligini tasdiqladi.
Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuruddin Aziziy Kobulning Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari tarixda misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg‘onistonga tashrif buyurgan edi. Uchrashuvlarda TIV rahbari hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, Islom Amirligining xavfsizlikni mustahkamlash va giyohvand moddalarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etdi, logistika, energetika va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.