O‘zbekistonlik mutaxassislar Seul universiteti olimlari bilan birgalikda batatning yangi navini yaratdi va unga “Chuchuk” deb nom berdi. Bu haqda EastFruit yozmoqda.
Bu tashabbus Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u ham nav yaratish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatgan.
Yangi navning o‘ziga xosligi shundaki, unda shirinlik uchun mas’ul bo‘lgan tabiiy genlar o‘chirilgan, bu esa neytral ta’mga ega yuqori hosildor mahsulot olish imkonini berdi.
“Nav O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashib, agrotexnik va ekologik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Maqsad — uni mamlakatda ommaviy yetishtirishga tayyorlash va mahalliy fermerlar va agrotexniklarga innovatsion yechimlarni taklif qilish”, — deyiladi xabarda.
Yangi nav Toshkent viloyatidagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining elita urug‘chilik xo‘jaligida ekilib, dastlabki sinovlar boshlangan.