Olimlar Quyoshda oxiridan oldingi quvvat sinfidagi ikkita chaqnashni qayd etishdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.
M2.1 chaqnashi Toshkent vaqti bilan soat 09:57 da qayd etilgan. Soat 10:15 da M1.4 chaqnashi qayd etildi, uning davomiyligi 16 daqiqani tashkil etdi.
Qayd etilishicha, quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining quvvatiga qarab besh sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaning materik qismida jazirama issiq va o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori bo‘lgani sababli favqulodda holat e’lon qilingan. Aksariyat hududlarda noqulay ob-havo sharoiti haqida “qizil ogohlantirish” amal qiladi.