Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bir necha kun davomida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar bermoqda.

Mutaxassislar bir oy davomida tumandagi bir qator lokal qozonxonalarda rejali ta’mirlash-profilaktika ishlarini olib boradi. Ishlar issiqlik manbalarining rejali-yozgi to‘xtatilishi doirasida olib borilmoqda.

Tadbirlar doirasida uskunalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan elementlarni almashtirish, shuningdek, yozgi mavsumda barqaror ishlashini ta’minlash uchun nasos uskunalarini tekshirish rejalashtirilgan.

Ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Navoiy 39 qozonxonasi (39-uy, “Navoiy” ko‘chasi, “Olmazor” mahallasi) — 4-5-avgust kunlari;
  • Navoiy 37 qozonxonasi (39-uy, “Navoiy” ko‘chasi, “Olmazor” mahallasi) — 6-7-avgust kunlari;
  • Navoiy 33 qozonxonasi (33-uy, Navoiy ko‘chasi, “O‘qchi” mahallasi) — 11-12-avgust;
  • Navoiy 29 qozonxonasi (29-uy, “Navoiy” ko‘chasi, “O‘qchi” mahallasi) — 13-14-avgust;
  • Navoiy 27 qozonxonasi (29-uy, “Navoiy” ko‘chasi, “O‘qchi” mahallasi) — 18-19-avgust;
  • Ko‘kcha 1a qozonxonasi (1-12, 60a-uylar, “Ziyo Said” ko‘chasi, “Ko‘kcha” mahallasi) — 20-21-avgust;
  • Zafarobod 12 qozonxonasi (1a, 2a, 2, 8, 9, 10-sonli uylar, 456-sonli bolalar bog‘chasi, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, “Zafarobod” mahallasi) — 25-26 avgust;
  • Ipakchi 103 qozonxonasi (102, 103, 107-110, 114-116-uylar, 105, 106-kottejlar, “Istirohat” ko‘chasi, “Ipakchi” mahallasi) — 27-28-avgust.

Rejalashtirilgan texnik tadbirlar yoz mavsumida issiqlik ta’minoti tizimining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

“Tushunganingiz uchun tashakkur va vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deya ta’kidladi Veolia Energy.

Eslatib o‘tamiz, issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari yiliga bir yoki ikki marta qayta ko‘rib chiqiladi. Bu subsidiyalar hajmini bosqichma-bosqich kamaytirish va aholi uchun yukni yengillashtirish imkonini beradi.