2-avgust kuni Toshkentda Lacetti, skuter va ISUZU yuk mashinasi YTHga uchrab, 19 yoshli skuter haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa Yangihayot tumanidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘lida sodir bo‘lgan. Yo‘lda Lacetti, skuter va ISUZU yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida skuterning 19 yoshli haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.