Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari ta’lim muassasasi binosini tozalayotgani aks etgan video tarqalib ketdi. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va Mehnat vazirligi bu holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Hodisa 2-avgust kuni sodir bo‘lgan. Maktabda bir guruh o‘qituvchilar ixtiyoriy ravishda shanbalik o‘tkazdi.

Shunga qaramay, maktab direktori Z.M. o‘qituvchilarning o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarda ishtirok etishini nazorat qilmagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Mehnat vazirligining qo‘shimcha qilishicha, direktorga BHMning 100 baravari (41 mln 200 ming so‘m) miqdorida jarima solingan.