AQSH transport vaziri va NASA vazifasini bajaruvchi Shon Daffi Oyda yadroviy reaktor qurish dasturini tezlashtirish rejalarini e’lon qilmoqchi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

Ko‘rsatmada aytilishicha, Oyda birinchi bo‘lib atom elektr stansiyasini qurgan davlat “taqiqlangan hudud e’lon qilishi mumkin, bu esa AQShning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi”. Shu munosabat bilan NASA 2030-yilgacha koinotga uchirilishi rejalashtirilgan 100 kilovattli yadro reaktorini qurish uchun pudratchi qidirishni boshlaydi.

Gap ikkinchi kosmik poygadagi g‘alaba haqida ketmoqda, — dedi NASAning ismi oshkor etilmagan vakili.

Shuningdek, AQSH 2030-yilgacha XKSdan voz kechishni va uni tijoriy stansiyalar bilan almashtirishni tezlashtirmoqchi. Bir nechta kompaniyalar NASA so‘rovini qondirish taklifi bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens AQShning jahon maydonidagi hukmronligi tugaganini ma’lum qilgandi.