Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda barcha valyutalar narxi tushib ketgan. 6-avgust kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 524,89 so‘m;
  • Yevro — 14 456,23 so‘m;
  • Rossiya rubli — 156,54 so‘m.

Markaziy bank, shuningdek, 5-avgust uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 424 400 so‘m turadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 7 122 000 so‘m;
  • 10 gramm — 14 243 000 so‘m;
  • 20 gramm — 28 487 000 so‘m;
  • 50 gramm — 71 217 000 so‘m;
  • 100 gramm — 142 434 000 so‘m.