Oliy sud yil boshidan beri 41-1 (Shahvoniy shilqimlik) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) moddalari bo‘yicha sudlanganlar soni haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda olti oy ichida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bilan 986 kishi sudlangan. Shundan:
- 358 — jarima solingan;
- 628 — ma’muriy qamoqqa olingan.
Xuddi shu davrda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 4 952 kishi sudlangan. Shundan 3 200 nafariga jarima, qolgan 1 752 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 231 nafar fuqaro:
- 65 — qamoq jazosiga hukm qilindi;
- 166 — ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 2025-yil boshidan buyon tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga 41 051 ta himoya orderi berilgan. Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga 512 nafar ayol va ularning 709 nafar farzandi joylashtirildi.