5-avgust kuni soat 18:44 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentrdagi silkinish kuchi 6 ballni tashkil etdi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar bermoqda.
Magnituda — 5,2, chuqurlik — 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 292 km shimoli-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Andijon viloyatida 3-4 ball, 68 km;
- Namangan viloyatida 3 ball, 96 km;
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 131 km.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, nuqtalar Toshkentda ham sezilgan, biroq ushbu markazlarda ularning kuchi aks etmagan.
UPD: Seysmoprognostik monitoring markazi zilzilalar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 ball kuch bilan sezilganini ma’lum qildi.