Samarqand viloyatining uchta tumanida xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda kadrlar masalasi ko‘rib chiqilib, uch nafar hokim tayinlandi.
Shunqor Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi bo‘ldi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bu lavozimda u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan Isroil Jabborov o‘rnini egalladi.
Behzod Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Tumanning sobiq hokimi Bahodir Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
Dilmurod Sayidqulov Urgut tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Tuman hokimligiga rahbarlik qilgan Botir Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.