5-avgust kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi ayrim joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Hududgaz poytaxt xabar berdi.

Mutaxassislar ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanishmoqda. Soat 16:00 gacha gaz bo‘lmaydi. O‘chirish “No‘g‘oyqo‘rg‘on” va “Qubaytepa” mahallalari aholisiga ta’sir qildi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.