Dunyoning turli burchaklaridagi plyajlar qirg‘oq eroziyasi tufayli yo‘qolib ketishi mumkin. Qumning yuvilishi tufayli uni to‘xtatish qiyin. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Mayamidan Barselonagacha va Avstraliyaning Oltin qirg‘oqlarigacha rasmiylar qirg‘oqlarni kelgusi yillarda yuvilishdan qanday saqlab qolish mumkinligini tushunishga harakat qilmoqda. Eroziyaning bir qismi tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Vaziyatni bo‘ronlar, kuchli suv toshqinlari va muzliklarning erishiga olib keladigan antropogen global isish tufayli dengiz sathining ko‘tarilishi kuchaytirmoqda.
Qirg‘oqni tiklash uchun sun’iy ravishda qum olib kelinmoqda. U suv toshqinidan tabiiy himoya vazifasini bajaradi. Biroq, qurilish va boshqa sohalarda talab yuqoriligi sababli qum narxi oshib bormoqda va taklif kamaymoqda.
2020-yildan beri Amerikaning Rodant shahrida qirg‘oq eroziyasi tufayli 11 ta uy okeanga qulab tushdi. Mahalliy hokimiyatning fikricha, plyajlarni tiklash uchun 40 mln dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi.
Barselonaning qirg‘oq chizig‘i yiliga 30 ming kubometr qum yo‘qotadi, bu 12 ta Olimpiya basseynining hajmiga teng. FT’ning fikricha, eroziyadan himoya choralariga qaramay, ba’zi plyajlar butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.