Ispaniyada 2025-yil iyul oyida kamida 1 060 ta o‘lim holati issiqlik bilan bog‘liq. Bu haqda Karlos III Salomatlik instituti ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar bermoqda.
Iyun va iyul oylarida vafot etganlar soni o‘tgan yilning shu davridagi 706 kishiga nisbatan deyarli 1,5 mingga yetdi. 2025-yil iyun oyida Ispaniyada o‘rtacha oylik harorat 23,6 darajaga yetdi, bu 2017-yil iyun oyida qayd etilgan avvalgi tarixiy maksimumdan 0,8 ga ko‘pdir.
Qirollikda 40 darajadan oshishi mumkin bo‘lgan issiq tufayli ob-havo haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025-yilning iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bo‘ldi. Shuningdek, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan to‘rtinchi oy bo‘ldi.