Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda tarqalayotgan Chikungunya virusi bilan bog‘liq xavotirlar tarqaldi. SES holatga izoh berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virus o‘zbekistonliklar uchun epidemiologik xavf tug‘dirmaydi, chunki ushbu kasallikni tarqatuvchi Aedes aegypti yoki Aedes albopictus avlodiga mansub chivinlar O‘zbekistonning tabiiy sharoitida uchramaydi.
“Hozirgi vaqtda respublika hududida epidemiologik barqarorlikni saqlash maqsadida tizimli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanitariya nazorati kuchaytirilgan, vaziyat doimiy nazoratga olingan”, — deyiladi xabarda.