Toshkentda fuqarolardan 1 700 dan ortiq sovuq qurol musodara qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar 21 kun davom etgan “Tig‘” profilaktik tadbirlarini o‘tkazdilar. Shahar ko‘chalari va jamoat joylarida 1 631 nafar shaxsdan 1 715 dona sovuq qurol topilgan.

Ulardan 1 614 ta pichoq, 17 ta kastet, 19 ta bita, 7 ta pnevmatik qurol, 2 ta elektroshoker va qolgan 56 tasi boshqa turdagi qurollardir. Aniqlangan va fuqarolardan olib qo‘yilgan buyumlarning xususiyati shundan dalolat beradiki, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldi olinishi shubhasizdir.

Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qonunga xilof ravishda olib yurish BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (412 mln so‘mdan 2,06 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga, shuningdek, boshqa javobgarlik choralarini qo‘llashga sabab bo‘ladi.