Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi ayrim dala hovli egalari kanalizatsiya tizimini Chorvoq suv omboriga ko‘chirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi mutaxassislari holatni joyiga chiqib o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Burchmulla” mahallasi aholisi haqiqatan ham Chorvoq suv ombori yaqinida xo‘jalik, yomg‘ir va sug‘orish suvlarini oqizish uchun ariqlar qazib, maxsus quvurlar o‘rnatgan.

Mazkur holat yuzasidan suv omborining ushbu hudud uchun mas’ul xodimiga nisbatan MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga nisbatan BHMning 10 baravari (4,12 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan. Qazilgan ariqlar va yotqizilgan quvurlar demontaj qilindi.