Nukuslik fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘iga bir nafar farzandi uchun 2,2 mlrd so‘m aliment pulini oldindan to‘lab bergan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

MIB ma’lumotlariga ko‘ra, erkak bola voyaga yetgunga qadar unga to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha alimentlarni to‘lash istagini bildirgan. Kelgusi 13 yil davomida to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 mlrd 270 mln 812 ming so‘m aliment hisob-kitobi amalga oshirildi.

Bu byuro faoliyati tarixidagi eng yirik summa bo‘ldi, deya ta’kidladi vazirlik. Avvalgi rekord to‘lov 2024-yil sentyabr oyida qayd etilgan edi. O‘shanda ayol sobiq turmush o‘rtog‘iga uch nafar farzandi uchun 1,7 mlrd so‘m aliment pulini oldindan to‘lab bergan.