Rossiya va AQSH yaqin kunlarda prezidentlar Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib yozmoqda.
Amerika tomonining taklifiga ko‘ra, yaqin kunlarda oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv, ya’ni prezident Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar sammitni ishlab chiqishga kirishgan, keyingi hafta mo‘ljal sifatida belgilangan. Tayyorgarlik necha kun davom etishi ma’lum qilinmagan.
“Uchrashuv o‘tkaziladigan joy kelishib olindi, u biroz keyinroq e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Bayden Trampni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalari borligidan uyalmayotgani uchun tanqid qilgandi.