7-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi qisman suvsiz qoladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kapital ta’mirlangan D-600 mm va D-300 mm diametrli ichimlik suvi quvurlari qayta ulanishi munosabati bilan soat 09:00 dan 00:00 gacha suv o‘chiriladi. Suv ta’minoti to‘xtatiladigan manzillar ro‘yxati:

Ahmad Yugnakiy ko‘chasi:

  • ko‘p qavatli uylar — 48 ta;
  • maktablar — 3 ta;
  • bolalar bog‘chalari — 3 ta;
  • sil kasalligini davolash dispanseri;
  • Medi Max klinikasi;
  • neyroxirurgiya kasalxonasi;
  • 5-son tez tibbiy yordam bo‘limi;
  • mahalliy qozonxonalar — 5 dona;
  • Ahmad Yugnakiy 3/2;
  • Ahmad Yugnakiy 3/5;

Humoyun ko‘chasi:

  • ko‘p qavatli uylar — 38 ta;
  • xususiy uylar — 110 ta;
  • maktablar — 1 ta;
  • bolalar bog‘chasi — 1 ta;
  • mahalliy qozonxonalar — 1 ta;
  • Geofizika mehmonxonasi.

Hurdiyor ko‘chasi:

  • xususiy uylar — 30 ta;

Boytepa ko‘chasi:

  • xususiy uylar — 60 ta.

Turkiston ko‘chasi:

  • xususiy uylar — 40 ta;
  • So‘g‘diyona ko‘chasi;
  • xususiy uylar — 6 ta;
  • mahalliy qozonxonalar — 1 ta.

Geofizika ko‘chasi:

  • ko‘p qavatli uylar — 8 ta;
  • xususiy uylar — 70 ta;
  • bolalar bog‘chasi — 1 ta;
  • “Dinamo” sport majmuasi;
  • 70-son oilaviy poliklinika;
  • DMTT №72;
  • mahalliy qozonxonalar — 1 ta;
  • Geofizika davlat korxonasi.

E’zoz ko‘chasi:

  • ko‘p qavatli uylar — 9 ta;
  • bolalar bog‘chalari — 1 ta.

Nihol ko‘chasi:

  • ko‘p qavatli uylar — 2 ta;
  • xususiy uylar — 20 ta;
  • Ilk qadam ko‘chasi;
  • xususiy uylar — 20 ta;
  • DMTT №73;
  • mahalliy qozonxonalar — 1 ta.

“Mahalliy qozonxonalarda ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan qozonxonalar issiq suv bilan ta’minlaydigan joylarda issiqlik ta’minoti ham to‘xtatiladi”, — deyiladi xabarda.