8-avgust kuni poytaxtning Bektemir tumani aholisi uchun elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi. O‘chirish “Oltintopgan” mahallasi aholisiga ta’sir qiladi.

Poytaxtning Yangihayot va Sergeli tumanlarida 8-avgust kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq:

  • Yangihayot tumani: “Binokor” mahallasida soat 10:00 dan 18:00 gacha — 78 ta bir qavatli kottej va beshta ulgurji iste’molchi;
  • Sergeli tumani: soat 11:00 dan 16:00 gacha “Eshonbuloq” mahallasida — 580 ta xususiy uy, ikkita ikki qavatli bino va 18 ta korxona va muassasalar.