Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tomonidan tashrif buyuruvchilar uchun maxsus bepul avtobus qatnovlari tashkil etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtobuslar quyidagi manzillardan jo‘naydi:

  • Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazi oldidagi maydoncha;
  • Hyatt Regency mehmonxonasi oldidagi maydoncha;
  • Humo Arena muz saroyi oldidagi maydoncha.

Harakatlanish soat 16:00 dan boshlanadi, avtobuslar uzluksiz va bepul harakatlanadi. Avtobuslarning old oynasida “Bunyodkor stadioni” deb yozib qo‘yiladi.

“Konsert tugagandan so‘ng avtobuslar sizni yana o‘sha manzillarga olib boradi. Yaxshi oqshom va yoqimli konsert!” — deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimligi.

Xonanda 7-avgust kuni soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida kuylaydi.