7-avgust kuni soat 16:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Qo‘yliq massivida joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qutqaruv ekipajlari soat 16:17 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 16:37 da to‘liq o‘chirilgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan xonada odam bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.