7-avgust kuni Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Olmazor tumani: “Qo‘shtut”, “Achaobod”, “Guzarboshi” va “Hastimom” mahallalarida 727 ta xususiy uy, 10 ta ko‘p qavatli uy va 19 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Shayxontohur tumani: “Ko‘kota” mahallasida 100 ta xususiy uy, 5 ta ko‘p qavatli uy va 8 ta ulgurji iste’molchi.