8-avgust kuni Yerda so‘nggi ikki oy ichida eng kuchli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda TASS yozmoqda.

5-avgust kuni sodir bo‘lgan M4.4 darajasidagi yirik quyosh chaqnashidan so‘ng Yerga massa tashlashning uchib kelish lahzasi ilgari kutilganidan sezilarli darajada kuchli geomagnit ta’sirlarni keltirib chiqaradi.

Modellar shuni ko‘rsatdiki, sayyoraga bulutning yuqori tezlikdagi yadrosi tegadi, magnit maydoniga zarba ancha kuchli bo‘lishi mumkin. Plazma Yerga 8-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00 atrofida yetib kelishi kutilmoqda. Biroq geomagnit vaziyatning yomonlashuvi payshanbadan jumaga o‘tar kechasi boshlanishi prognoz qilinmoqda.

Zarb paytida Kp geomagnit indeksining 6 gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda, bu 13 iyundan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.