O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 200 mln dollarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytiladi.
2025-yil iyul oyida ular 48,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 48,7 milliard dollarni tashkil etmoqda. Oltinning fizik hajmi 11,7 mln troya unsiya, qiymati 38,6 mlrd. Valyuta zaxiralari 8,4 milliard dollarni tashkil etdi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati oshdi. 1-avgust holatiga ko‘ra, u $1,01 mlrdni tashkil etib, bir oy ichida $303 mlnga (+42,7%) oshgan.
Zaxiralar tarkibida oltinning ulushi yuqori darajada qolmoqda — 79,4 foiz (o‘tgan yili 77,9 foiz edi). Aksiya va obligatsiyalar ulushi 2 foizdan, valyuta ulushi 19,5 foizdan oshdi.