2025-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasini tayinlashning yangi qoidalari kuchga kiradi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
Endi nafaqaga quyidagi fuqarolar da’vogarlik qilishlari mumkin:
- oxirgi besh yilda kamida 18 oy ishlagan;
- ishdan bo‘shaganidan keyin yarim yildan kechiktirmay nafaqa olish uchun ariza topshirgan.
Bunda to‘lovlar uch oy bilan cheklanadi:
- 1-oy — oxirgi 18 oy uchun o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, biroq MHTEKMning 3 baravaridan (3,8 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- 2- va 3-oylar — o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, shuningdek, eng kam ish haqining uch baravari miqdorida.
Nafaqani yana kamida 12 oy ishlagandan keyingina qayta rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.