Donald Tramp 15-avgust kuni Alyaskada Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Men, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uzoq kutilgan uchrashuv 2025-yil 15-avgust, juma kuni Alyaska shtatida bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi. Ushbu mavzuga e’tiboringiz uchun tashakkur!” — dedi Tramp.
Yetakchilarning muzokaralari haqidagi ma’lumotni Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov tasdiqladi. Vladimir Putin Moskvada AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan qariyb uch soatlik uchrashuv o‘tkazdi. Tramp muzokaralarni “samarali” deb atadi va “sezilarli taraqqiyot”ni e’lon qildi.
Fox News xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Putin Tramp bilan “qachondir” uchrashish istagini bildirgan, Uitkoff esa bu xabarni Amerika yetakchisiga yetkazgan.