O‘zbekistonda ish beruvchilarga to‘sqinlik qiluvchi ayrim javobgarlik choralari bekor qilinadi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari etib belgilandi:

  • xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish;
  • ish beruvchilarni ularning ehtiyojlariga muvofiq malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish.

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:

  • bandlik organlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
  • bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.