Ozarbayjon va Armaniston Vashingtonda imzolangan 17 banddan iborat tinchlik kelishuvi matnini e’lon qildi.
Hujjat matni ilk bor ikki mamlakat TIV saytlariga joylashtirildi.
Mamlakatlarda quyidagilar belgilangan:
- Boku va Yerevan bir-biriga nisbatan hududiy da’volardan voz kechadi;
- taraflar bir-biriga nisbatan kuch ishlatishdan voz kechsa;
- ikki davlat o‘rtasidagi chegarada uchinchi davlat kuchlari bo‘lmaydi;
- Ozarbayjon va Armaniston alohida kelishuv asosida chegarani delimitatsiya qiladi;
- ikkala davlat ham separatizm va terrorizmning barcha turlarini qoralashini va bu hodisalarga qarshi o‘z yurisdiksiyalari doirasida kurash olib borish niyatida ekanliklarini bildirdilar;
- Yerevan va Boku tinchlik kelishuvi bandlarini bajarmaslik uchun ichki qonunlarga tayanishi mumkin emas;
- tomonlar tinchlik kelishuvining bajarilishini nazorat qilish uchun qo‘shma komissiya tuzadi;
- tinchlik bitimi kuchga kirgandan so‘ng bir oy ichida Armaniston va Ozarbayjon xalqaro maydonlarda bir-biriga qarshi da’volarni qaytarib oladi;
- tomonlar turli sohalarda, shu jumladan iqtisodiyot va gumanitar sohada hamkorlik to‘g‘risida alohida bitimlar tuzishlari mumkin;
- ikki davlat tinchlik bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi yorliqlarni almashgandan so‘ng diplomatik munosabatlar o‘rnatadi.