O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Fidji prezidenti Naikama Tavakekolati Lalabalavga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Marosimda tarixda ilk bor prezidentning Suvdagi saroyida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi, madhiyamiz yangradi. Fiji yetakchisi mamlakatlarimiz geografik jihatdan bir-biridan olisda joylashgan bo‘lsa-da, ularni o‘zaro hurmat, konstruktiv muloqot va mushtarak qadriyatlarga asoslangan do‘stlik rishtalari bog‘lab turganini ta’kidladi.
O‘zbekiston elchisining tayinlanishi ham ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda ilk marotaba bo‘lib o‘tdi, shu munosabat bilan tomonlar bu muhim tarixiy voqea bo‘lganini ta’kidladi.