O‘zbekistonda talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan sanalar belgilandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar bermoqda.
Xorijiy, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12-13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar imtihon uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin. Hujjatda ijodiy va test sinovlarini o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti ko‘rsatilgan.
Abituriyent test sinoviga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtda o‘zi bilan pasport (ID-karta) va ruxsatnomani olib kelishi kerak.
Vazirlikning eslatishicha, ona tili, matematika va tarix fanlaridan majburiy test sinovlarida ishtirok etish majburiy shart hisoblanadi. Agar talaba bu sinovlardan o‘ta olmasa, ijodiy imtihon natijalari hisobga olinmaydi.