11-avgust kuni Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Yakkasaroy tumani soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Konstitutsiya” MFYda 8 ta xususiy uy, 4 ta ko‘p qavatli uy va 6 ta ulgurji iste’molchilar;
- Sergeli tumani 11:00 dan 16:00 gacha: “Sultonobod” mahallasidagi 511 ta xususiy uy va beshta ulgurji iste’molchi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Iste’molchilardan uzr so‘raldi.