Olimlar Quyoshda oxiridan oldingi quvvat sinfidagi ikkita chaqnashni qayd etishdi. Bu haqda TASS nashri yozmoqda.

M1.5 chaqnashi soat 05:59 da qayd etilgan, uning davomiyligi 34 daqiqani tashkil etgan. Soat 06:23 da to‘qqiz daqiqa davom etgan M1.8 chaqnashi qayd etildi.

Qayd etilishicha, 12 avgust kuni eng yuqori X sinfidagi chaqnashlar kuzatilishi mumkin. Chaqnashlar rentgen nurlanishining quvvatiga qarab besh sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.