Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlayotgan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.
TIV rahbari O‘zbekiston-Fransiya ikki tomonlama aloqalari so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan dinamikani namoyish etganini ta’kidladi. Mamlakatlar tarixiy marralarga erishdi, davlatlar strategik sheriklarga aylandi.
“Elchi xonimning aloqalarimiz sarhadlarini kengaytirishga qo‘shgan doimiy hissasini yuksak qadrlaymiz va yangi faoliyatida barcha yutuqlarni tilaymiz”, — dedi Baxtiyor Saidov.
Oreliya Bushez 2021-yil oktyabr oyidan buyon O‘zbekistondagi elchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.