O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan ikki blogerni jazoladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuz minglab obunachilarga ega blogerlar A.Sh. (amirxon_uzbek) va D.I. (donik_krash) o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilishdi.

Ular Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, mamlakat hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.