Rossiyada maktablarda xorijliklar uchun pullik ta’lim joriy etishmoqchi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining yangi qonun loyihasida aytiladi.

Shuningdek, rus tilini bilish testidan yiliga ko‘pi bilan uch marta bepul o‘tish mumkinligi rejalashtirilmoqda. 2024-yil dekabr oyida chet elliklarning farzandlari rus tilini bilmasa, maktabga qabul qilinmasligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

2025-yil 1-apreldan boshlab migrantlarning farzandlari o‘qishga kirish uchun til testini topshirishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya ta’lim vazirligi muhojirlarning farzandlarini maktablarga qabul qilish talablarini kuchaytirishni taklif qilgan edi. Yangi qoidalar 2025-yil 1-apreldan kuchga kiradi va 2026-yil 1-martgacha amal qiladi.