Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ijtimoiy tarmoq yuritmayotgan rahbarlarni tanqid qildi. Hokimlik rahbari “Hokimlik soati”da tegishli bayonot bilan chiqdi.

Zoyir Mirzayevning ta’kidlashicha, ayrim tuman hokimlari o‘zlari ishtirokidagi yozuvlar ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketishidan qo‘rqib, faollik ko‘rsatmayapti va tashabbus ko‘rsatmayapti.

Video hokim bo‘lgani uchun internetda paydo bo‘ladi. Nima, biz faqat hokimlarni maqtaymizmi? Bir-ikki marta tanqidni his qilsa, foydasi tegadi — yetukroq bo‘ladi. O‘z ishini bilgan odam hech narsadan qo‘rqmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar bilan muloqot qilmagan hokimning kelajagi yo‘q.

Qayoqqa qochasan, yashirinasan? Hamma kameralardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Surat qo‘yib, sizni shunday “urib” qo‘yishlari mumkin. Buni hazm qilishni, tanqidni qabul qilishni o‘rganish kerak, — dedi u.