Toshkent aeroportida odam savdosiga urinishning oldi olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Oqdaryo tumanida yashovchi 41 va 31 yoshli ikki ayol moddiy yordamga muhtoj qizlarni yaxshi daromad topish imkoniyatlariga ishontirgan. Shundan so‘ng aldov yo‘li bilan Hindistonga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborilgan.

Ular Hindistondagi sheriklari yordamida 23 va 25 yoshli ikki qizni jinsiy qullikka jo‘natishni rejalashtirgan. Gumonlanuvchilar qizlarni aeroportda kuzatib borish vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.