12-avgust kuni Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa soat 11:57 da Bektemir tumani Rohat ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatida sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 9 daqiqada yetib borib, soat 12:12 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.