12-avgust kuni Toshkentning Yashnobod tumani aholisining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda hokimlik yozmoqda.
Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Quyidagi uylarda elektr energiyasi yo‘q:
Aviasozlar tumanining 4-kvartali, 23-, 24-, 25-, 28-, 33- va 34-uylar.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, soat 17:00 ga qadar elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.