12-avgust kuni Toshkentning uchta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • Yakkasaroy tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Yunus Rajabiy”, “Bog‘saroy”, “Konstitutsiya” va “X. Sulaymonov” mahallalaridagi 256 ta yakka tartibdagi uy, 34 ta ko‘p qavatli bino hamda 60 ta yirik iste’molchilarga elektr energiyasi berilmaydi.
  • Mirobod tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Farovon, Mirobod va Sh.Rashidov mahallalaridagi 10 ta ko‘p qavatli uylar va 15 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Sergeli tumani, 11:00 dan 16:00 gacha: “Oltin vodiy” mahallasidagi 486 ta xususiy uy va 13 ta ulgurji iste’molchilar.