9-sentyabrdan boshlab yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat tezligi oshiriladi, deya xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” axborot xizmati.

Shu munosabat bilan stansiyaga kelish vaqti qisqartiriladi. Poyezdlar quyidagi jadval bo‘yicha harakatlanadi:

  • 710-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” poyezdi Yo‘l vaqti 20 daqiqaga qisqartirildi. Toshkent Markaziy 08:40 — Samarqand 11:45-11:55 – Buxoro 14:10;
  • 709-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” poyezdi (yo‘nalish vaqti 70 daqiqaga qisqartirildi). Buxoro 16:55 — Samarqand 19:10-19:20 — Toshkent Markaziy 22:47;
  • 716-sonli “Toshkent Markaziy — Qarshi” poyezdi (yo‘nalish vaqti 3 daqiqaga qisqartirildi). Toshkent Markaziy 08:55 — Samarqand 12:16-12:26 — Qarshi 13:55;
  • 715-sonli “Qarshi — Toshkent Markaziy” poyezdi (yo‘nalish vaqti 44 daqiqaga qisqartirildi). Qarshi 18:25 — Samarqand 19:54-20:07 — Toshkent Markaziy 23:35;
  • 712-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” poyezdi Yo‘nalish vaqti 10 daqiqaga qisqartirildi. Toshkent Markaziy 20:20 — Samarqand 23:39-23:58 — Buxoro 02:30;
  • 711-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” poyezdi (yo‘nalish vaqti 20 daqiqaga qisqartirildi). Buxoro 05:15 — Samarqand 07:39-08:05 — Toshkent Markaziy 11:54;
  • 126/125-sonli “Xiva — Andijon” poyezdi Yo‘nalish vaqti 10 daqiqaga qisqartirildi. Xiva 15:15 — Toshkent Janubiy 05:10-05:40 — Andijon 11:58;
  • 57-sonli “Shovot — Toshkent Janubiy” poyezdi. Shovot 16:21 — Toshkent Janubiy 07:02;
  • 731-sonli “Andijon — Toshkent Markaziy” poyezdi. Andijon 06:11 — Toshkent Markaziy 12:38;
  • 771-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” poyezdi. Buxoro 03:15 — Toshkent Markaziy 07:29;
  • 6418-sonli “Toshkent Janubiy — Sirdaryo” poyezdi. Toshkent Janubiy 19:57 — Sirdaryo 22:01;
  • 6454-sonli “Toshkent Janubiy — Xovos” poyezdi. Toshkent Janubiy 18:55 — Xovos 22:35.