Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 12-avgust kuni avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Oqqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqqani haqida 13-avgust kuni soat 12:58 da xabar kelib tushgan. Yonilg‘ini avtosisternadan saqlash rezervuariga haydash vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan.

Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va soat 13:16 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.